Savol-javoblar
Tez-tez so‘raladigan savollar
Olimpiadalar, saralash bosqichlari, imtiyozlar va o‘quv sharoitlariga oid eng muhim rasmiy ma’lumotlar.
20 ta savol-javob mavjud
Umumiy ma’lumot#1
Fan olimpiadalari markazi qanday tashkilot va uning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Fan olimpiadalari markazi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qarori bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida tashkil etilgan davlat muassasasidir.
Markazning asosiy vazifalari:
• Iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni erta aniqlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish;
• O‘quvchilarni nufuzli xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalariga tizimli tayyorlash;
• Xalqaro standartlar asosida milliy fan olimpiadalari va tanlovlarni shaffof tashkil etish;
• Fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturlari, video darslar va metodik qo‘llanmalarni yaratish;
• G‘olib o‘quvchilar hamda ularning ustoz-murabbiylarini munosib moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Umumiy ma’lumot#2
Markaz qayerda joylashgan va qanday bog‘lanish mumkin?
Umumiy ma’lumot#3
Markaz rahbariyati fuqarolarni qaysi kunlari shaxsiy qabul qiladi?
Umumiy ma’lumot#4
Markaz qaysi davlat organi tasarrufida faoliyat yuritadi?
Fan olimpiadalari#5
O‘zbekistonda qanday asosiy va mahalliy fan olimpiadalari o‘tkaziladi?
Fan olimpiadalari#6
O‘zbekiston o‘quvchilari qaysi nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etishadi?
Fan olimpiadalari#7
2026-yilda Toshkentda qaysi nufuzli xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tadi?
Saralash va ishtirok#8
Fan olimpiadalarida kimlar ishtirok etishi mumkin va ro‘yxatdan o‘tish qanday amalga oshiriladi?
Saralash va ishtirok#9
Olimpiadada qatnashish uchun to‘lov olinadimi?
Saralash va ishtirok#10
Asosiy fan olimpiadasi qanday bosqichlardan iborat va qachon o‘tkaziladi?
Saralash va ishtirok#11
Xalqaro olimpiadalarga O‘zbekiston terma jamoasi qanday saralanadi?
Imtiyoz va mukofotlar#12
Olimpiada g‘oliblariga oliy ta’lim muassasalariga (OTM) kirishda qanday imtiyozlar beriladi?
Imtiyoz va mukofotlar#13
Olimpiada g‘oliblariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari miqdori qancha?
Imtiyoz va mukofotlar#14
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchi va murabbiylarga qanday rag‘batlantirishlar mavjud?
Tayyorgarlik va sharoitlar#15
Olimpiadaga mustaqil tayyorlanish uchun saytda qanday resurslar bor?
Tayyorgarlik va sharoitlar#16
Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida yotoqxona va sharoitlar qanday tashkil etiladi?
Tayyorgarlik va sharoitlar#17
«EduX» video-podkast loyihasi nima va unda qanday mavzular yoritiladi?
Apellyatsiya va aloqa#18
Olimpiada natijalaridan norozi bo‘linganda apellyatsiya qanday beriladi?
Apellyatsiya va aloqa#19
Olimpiada diplomlari va sertifikatlarining haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?
Apellyatsiya va aloqa#20
Oliy ta’lim muassasalari, maktablar yoki xususiy sektor vakillari Markaz bilan qanday hamkorlik qilishi mumkin?
Savolingizga javob topmadingizmi?
Bizning mutaxassislarimiz har qanday murojaatingizga tezkor javob berishga tayyor.